Samarqand viloyatida ijtimoiy-diniy muhit barqarorligini ta’minlash, ekstremistik tashkilotlar va mutaassib guruhlar g’oyalarining aholi orasida tarqalishining oldini olish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi hamda mutasaddi respublika tashkilotlaridan iborat ishchi guruh tomonidan joylarda tashkil etiladigan tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish va o’tkazish bo’yicha chora-tadbirlar rejasiga binoan joylarda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Shu munosabatda joriy yilning 2-mart kuni Samarqand davlat chet tillar institutida “Yoshlarni mutaassib g’oyalarga berilishining oldini olish” mavzusida talabalar bilan xuddi shunday uchrashuvlardan biri bo’lib o’tdi va unga O’zbekiston Musulmonlar idorasi fatvo bo’limi bosh mutaxassisi A.Tursunov taklif etildi.
Uchrashuv davomida A.Tursunov Islom dinining ruknlari, Islomda eng muhim sanalgan besh ustun, fiqhiy-huquqiy normalar, axloqiy tamoyillar va musulmon kishining o’zini tutish qoidalari to’g’risida so’z yuritib o’tdi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga uchrashuv yakunida atroflicha javoblarga ega bo’lishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain





