Bugun, 4-mart kuni Samarqand davlat chet tillar institutida institut huzuridagi PhD.03/30.12.2019Fil/Ped.83.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminar yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Unda Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti Normаtovа Nurjаmol Normаtovnаning 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili)” ixtisosligidan pedagogika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Ingliz tilini oʼqitishda iqtisodiyot yoʼnalishi talabalarining ogʼzaki nutq koʼnikmalarini rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiyasi, shuningdek, Qarshi davlat universiteti tadqiqotchisi Jumаnov Vаydullа Ibаdullаyevichning 10.00.04 – “Evropa, Аmerika va Аvstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligidan pedagogika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Turgʼun shakldagi soʼroq gaplarning muloqot matnida qoʼllanishi (ingliz tili materialida)” mavzusidagi dissertatsiyalari muhokamasi bo’ldi.
Normаtovа Nurjаmol Normаtovnаning ilmiy rahbari pedagogika fanlari doktori, professor D.Xoshimovа.
Jumаnov Vаydullа Ibаdullаyevichning ilmiy rahbari filologiya fanlari doktori, professor S.Safarov.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain






