Xabaringiz bor, joriy yilda Samarqand davlat chet tillar institutida “Xalqaro jurnalistika” ta’lim yo’nalishi ochildi va unga shartnoma asosida ta’lim oladiganlar uchun 20 ta, davlat granti asosida ta’lim oluvchilar uchun 5 ta, jami bo’lib 25 ta kvota ajratildi. Qo’shimcha shartnoma bilan hozirda 31 nafar talaba ushbu yo’nalishda tahsil olishmoqda.
Ushbu ta’lim yo’nalishida tahsil oluvchi talabalar bilan joriy yilning 12-mart kuni institut rektori Ilxomjon Tuxtasinov uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuv davomida ushbu yo’nalishda tahsil oluvchi talabalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashi, buning uchun ular o’zlarining tajribalarini oshirishdan to’xtamasligi, shuningdek, “Xalqaro jurnalistika” ta’lim yo’nalishida tahsil oluvchilar kelgusida yurtimizning madaniyat, ilm-fan hamda urf-odatlarini jahon mamlakatlariga tarannum etishda ko’prik vazifasini bajarishini alohida ta’kidlab o’tdi rektor o’z nutqida.
Uchrashuv qizg’in savol-javoblar hamda fikr-mulohazalarga boy tarzda davom etdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain



