Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqimizga yoʼllagan murojaati hamda "Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" davlat dasturi asosida yoshlarning vaqtini samarali tashkil etish hamda belgilangan yoʼnalishlar boʼyicha bilim va koʼnikmalarini rivojlantirish maqsadida Samarqand shahrida joriy yilning 13-mart kunida Samarqand davlat chet tillar instituti, Oʼzbekiston XDP Samarqand viloyat kengashi, “Benefactors Forum” tashkiloti hamda “Oltin qanot” yosh volontyorlar guruhi “Bir manfaatda emas, bir maqsad sari birlashaylik!” shiori ostida yoshlar forumi bo’lib o’tdi.

— “Men, mazkur forumda ishtirok etadigan har bir delegatning kelajakda oʼz tanlagan kasbining yetuk mutaxassisi boʼlib yetishishi hamda yurtimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qoʼshishiga ishonaman” – deydi SamDCHTI rektori  forumni ochib berish chog’ida. — “Faol yoshlarni birlashtirish, yoshlar oʼrtasida doʼstlik munosabatlarini mustahkamlash, yangi doʼstlar orttirish, ijtimoiy va siyosiy hayotda yoshlar orasida volontyorlik faolligini kuchaytirish, kuchli bilimga ega boʼlgan, oʼz mutaxassisligi boʼyicha yangilik yarata oladigan, yetuk marralarga erisha oladigan yoshlar safini kengaytirish maqsadida tashkil etiladigan bu kabi forumlar lidr yoshlarni kashf qilishda dasturilamal boʼlib xizmat qiladi”.

Forum davomida belgilangan yoʼnalishlar boʼyicha seminar-treninglar tashkil etish turli viloyat yoshlarini oʼzaro fikr almashish va tajribali spikerlardan mahorat darslari olish imkoniyati yaratildi.

Koʼzlangan asosiy maqsadlardan yana biri esa yoshlarni innovatsiyaga qiziqtirish va yangi loyihalar yaratish hamda yoshlarni bitta maqsad yoʼlida birlashtirish, ularning oʼz loyihalari va gʼoyalarini oʼz muallifligi ostida nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqiyosda ham targʼib qilishdan iborat boʼldi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-03-13 17:25:00 111