Bugun, 15-mart kuni Samarqand davlat chet tillar institutida rahbariyat vakillari, fakultet dekanlari, dekan o’rinbosarlari, kafedra mudirlari hamda bo’lim boshliqlari ishtirokida ZOOM dasturi orqali onlayn yig’ilish o’tkazildi.
Yurtimizning ayrim hududlarida Koronavirus COVID – 19 ning yangi turi ko’payishi bois karantin choralarini ko’rish, tibbiy niqob (maska), antiseptik vositalarni kirish-chiqish joylariga qo’yish va nazoratga olish, shuningdek, professor-o’qituvchilar, ishchi xodimlar hamda talabalarning kiyinish madaniyatiga amal qilishlari kabi masalalari yig’ilish qatnashchilari o’rtasida muhokama qilindi.
— taʼlim muassasasiga kirish va chiqish qatʼiy nazorat qilinadi, har bir o’quv binolari hamda barcha kirish-chiqish joylari antiseptik vositalar bilan taʼminlanadi.
— har bir talaba, professor-oʼqituvchi va xodimning tibbiy niqobda yurishi qatʼiy nazoratga olinadi, niqobsiz holda taʼlim muassasasiga kiritilmaydi.
— talabalar hamda o’quvchilar bilan oʼtkaziladigan barcha turdagi tadbirlarda karantin qoidalariga qatʼiy amal qilinadi. Shuningdek, o’quv kurslariga keladigan o’quvchilar ham karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda ishtirok etadi.
— jamoat joylarida karantin qoidalariga qat’iy amal qilish lozimligi boʼyicha o’quvchilar hamda talabalar o’rtasida tushuntirish ishlari olib boriladi.
— Institutdagi barcha bino, inshoot va zarur jihozlar muntazam dezinfeksiya qilinadi.
— talabalar turar joylari va yotoqxonalarda istiqomat qilayotgan talaba va oʼquvchilar gigiyena vositalari bilan taʼminlanadi.
— mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda har bir talabalar turar joyiga doimiy nazorat qiluvchi masʼuliyatli vakillar biriktiriladi.
— talabalar turar joylaridagi tibbiyot xonasi gigiyena vositalari va kerakli dori-darmonlari bilan taʼminlanib, u yerda navbatchi shifokor faoliyati yoʼlga qoʼyiladi.
Yuqoridagi masalalarning barchasi yig’ilish davomida asosiy vazifalar sifatida qat'iy belgilab olindi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain






