Bugun, 18-mart kuni Samarqand shahar Xalq ta’lim bo’limiga qarashli 71-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Ochilish marosimida viloyat hokimi, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda pedagoglar ishtirok etdi.

Maktab avval 240 o’ringa mo’ljallangan, qo’shimcha binolar qurilib, to’liq ta’mirdan chiqarilgandan so’ng 760 o’ringa moslashdi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining ishlab chiqilgan manzilli dasturi asosida zamon talablari asosida jihozlandi.

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilxomjon Tuxtasinov jarayon doirasida maktabda faoliyat ko’rsatayotgan ingliz tili fani o’qituvchilarining tajribasini hamda o’quvchilarning bilim darajasini mustahkamlash maqsadida ingliz tilidagi kitoblarni sovg’a qilishini bildirdi.

Jumladan, 10 xil turda ingliz tilini o’rgatuvchi badiiy adabiyotlar, tarjima asarlar hamda ingliz tili grammatikasini o’rgatuvchi o’quv adabiyotlari va darsliklar maktab ma’muriyatiga yetkazib berildi.

Rektor Ilxomjon Tuxtasinov kelgusida maktab o’qituvchilari va o’quvchilarining xorijiy tillarni o’rgatish va o’rganish borasidagi metodik tajribalarini oshirishda amaliy ko’mak berishini ta’kidlab o’tdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-03-18 17:50:00 119