Samarqand davlat chet tillar institutida 2021-yil 24-martdan 31-martgacha talabalar respublika fan olimpiadasining I bosqichi o‘tkazilishini ma'lum qilgan edik.
Bugundan talabalar fan olimpiadasining institut bosqichiga start berildi va ingliz tili va adabiyoti mutaxassislik fanidan 4 bosqichli sinovlar o’tkazildi. Unda Ingliz tili-II fakultetidan K.Sunnatulloyeva, F.Xolmurodov, D.Toxirovalar, Ingliz tili-II fakultetidan A.Hazratov, N.Salimova, S.Ibragimovalar, shuningdek, Roman-german tillari fakultetidan A.Usmonova, I.Muxammadqulova, S.Mardiyevalar ishtirok etishdilar.
Ushbu 4 bosqichli sinovdan faqat bir kishi saralab olinib, respublika bosqichiga yo’llanma beriladi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain





