Samarqand davlat chet tillar institutida navbatdan tashqari yig’ilish o’tkazildi. Unda 6-may kuni davlat rahbarining chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o’tkazgan videoselektor yig’ilishida bildirilgan topshiriqlar mazmun-mohiyati institut rektori tomonidan jamoaga yetkazildi hamda barcha muhim vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, kelgusida amalga oshirildigan ishlar to’g’risida so’z yuritildi.

Jumladan, institutida xorijiy tillarni o‘qitadigan va abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalariga tayyorlaydigan markazlar ochilgan. Ushbu markazlarda har yili ikki mingdan ortiq abituriyent xorijiy tillarini o‘rganadi. Prezident topshirig‘idan kelib chiqib, kelgusida har yili markazlarda xorijiy tillarni o‘rganadigan abituriyentlar soni 5000 taga yetkaziladi hamda mazkur markazlarga Britaniya Kengashi, AQSH elchixonasi, Gyote instituti, Alyans Fransez, KOICA, Konfutsiy Instituti hamda DAAD tashkilotlari bilan hamkorlikda xorijlik o‘qituvchilar jalb qilinadi va kechki o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yiladi. Natijada kurslarda nafaqat abituriyentlar, balki o‘qituvchilar ham tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin bo’ladi.

Prezident aytganidek, O’zbekiston davlat jahon tillari va Sharqshunoslik universitetlari, Samarqand davlat chet tillar instituti bilan bir qatorda har bir viloyatda bittadan universitet chet tillari bo‘yicha tayanch muassasa sifatida belgilanmoqda. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, endilikda har bir viloyatda tashkil etilayotgan tayanch ta’lim muassasasi orqali viloyatning barcha tumanlaridagi, hattoki chekka qishloqlardagi chet tili o‘qituvchilarining ham malakaviy va metodik salohiyatini oshirish, bilim, saviya hamda ko‘nikmalarini boyitish, maktab o‘quvchilariga zamonaviy adabiyotlar asosida chet tillarni o‘qitish uchun yangi-yangi imkoniyatlar eshigi ochiladi. Bu orqali xorijiy tillarni o‘qitish sifati o‘sishiga erishiladi.

Davlat rahbarining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq 2021-yil 1-martdan boshlab pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda litsenziyaga ega nodavlat ta’lim tashkilotlariga xalq ta’limi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlarning malakasini oshirish huquqi berilgan. Shundan kelib chiqqan holda Samarqand davlat chet tillari institutida xorijiy tillar bo‘yicha barcha ta’lim bosqichlari uchun uzviylikda faoliyat yurituvchi kompleks malaka oshirish va qayta tayyorlash ilmiy-metodik markazini tashkil etish davlat rahbariga taklif sifatida bildirildi.

Shu munosabat bilan Prezidentning Samarqand davlat chet tillar instituti faoliyatini takomillashtirish hamda kompleks malaka oshirish va qayta tayyorlash ilmiy-metodik markazini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori loyihasini bir oy muddat ichida ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. Bu qaror tasdiqlanishi mazkur yo‘nalishdagi ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishga poydevor bo‘ladi desak, ayni haqiqat.

Tashkil etilajak ilmiy-metodik markazda hamkor xalqaro tashkilotlarning katta tajribasi, zamonaviy metodikalaridan unumli foydalangan holda qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etilib, xalqaro tillar bo‘yicha sertifikatlarni berish imkoniyatlari kengaytiriladi. Mazkur markazda maktabgacha va xalq ta’limi tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari olib borishni yo‘lga qo‘yish ham mumkin.

Bundan tashqari, ushbu ilmiy-metodik markazda maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog xodimlarni, turli sohalar mutaxassislarini, biznes vakillari va tadbirkorlarni chet tillar bo‘yicha 6 oylik intensiv qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kabi imkoniyatlar ham mavjud bo’ladi. Talabgorlar o‘z ixtiyoriga ko‘ra an’anaviy va masofaviy ta’lim shaklida malaka oshirishi mumkin. Tizimga zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etiladi hamda elektron ta’lim platformasi orqali tinglovchilarga onlayn ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.

Videoselektor davomida Prezident xorijiy kitoblar, ilg‘or o‘quv dasturlari va metodikalardan erkin foydalanish hamda fanlarni chet tilida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida ham gapirib o‘tdi. Buning tasdig‘ini Samarqand davlat chet tillar institutida ochilgan yangi mutxassislik “Kompyuter lingvistikasi” yo‘nalishida ko‘rishimiz mumkin. Ushbu mutaxassislik 2020/2021 o‘quv yilida ochildi. Mazkur yo‘nalishda axborot texnologiyalari ingliz tilida o‘rgatiladi.

Videoselektorda oliy ta’lim tizimida mutaxassislar tayyorlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yangi o‘quv yilidan boshlab, chet tillari bo‘yicha qabul kvotalari soni 2 baravar ko‘paytirilib, 16 mingtaga yetkazilishi, davlat granti esa 3 baravarga oshirilishi ta’kidlandi. Institut rahbariyati bu borada kerakli rejalarni belgilab oldi va 2021/2022 o‘quv yili qabuli uchun tayyorgarlik ishlarini boshlab yubordi. Jumladan, o‘quv binolarini qurish va mavjud o‘quv binolarini to‘liq ta’mirdan chiqarish, adabiyotlar hamda yangidan yangi zamonaviy darsliklar yaratish, zamonaviy Axborot-resurs markazlarini, shuningdek, talabalarning zamonaviy binolarda istiqomat qilishlari uchun barcha shariotlarga ega talabalar turar joylarini qurish, investitsiyalar orqali zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari bilan ta’minlash shular jumlasidandir.

Umuman olganda, bugungi kunda ilm-fanga qaratilayotgan e’tibor, ta’limga ajratilayotgan sarmoyalar yosh avlodning kelajakda yurtimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qiladigan kadrlar bo‘lib yetishishida dasturulamal bo‘ladi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Share:
2021-05-08 18:25:00 123