Joriy yilning 17-may kuni Samarqand davlat chet tillar instituti va Buyuk Britaniyaning Warwick universiteti rahbariyati vakillari o‘rtasida videokonferensiya shaklida onlayn hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi. Eslatib o’tamiz, Buyuk Britaniya University Warwick universiteti dunyoning TOP-100 talik ro‘yxatidagi nufuzli universitet hisoblanadi.
O’tkazilgan onlayn hamkorlik uchrashuvida Uorik universiteti bilan amaliy tilshunoslik yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish, Warwick universitetida SamDCHTI o‘qituvchilari uchun onlayn va oflayn malaka oshirish kurslarini tashkil etish, magistratura va PhD dasturlari doirasida o‘qishga yuborish, Warwick universitetidan SamDCHTIga ingliz tili mutaxassislarini jalb etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilari o’rtasida kelgusida ikkala oliy ta’lim muassasalarining hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish bilan bog’liq fikr hamda takliflar almashinildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain





