Yurtimizda xotin-qizlarning huquqlarini, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, bir so‘z bilan aytganda, opa-singillarimizni jamiyatning teng huquqli, faol va bunyodkor a’zosiga aylantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu munosabatda kecha, 20-may kuni Samarqand davlat chet tillar institutida “O‘zbekistonda gender tengligi va gender masalalari” mavzusida onlayn seminar bo’lib o’tdi. Unda institut ayol professor-o‘qituvchilari hamda talaba-qizlari ishtirok etishdi.

Jarayon davomida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 561-sonli qonunining mazmun-mohiyati seminar ishtirokchilariga yetkazildi. Jumladan, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi H.Jabbarova gender zo‘ravonlik tushunchalari va aqidalari, gender zo‘ravonlik sabablari hamda uning oqibatlari to’g’risida gapirib o’tdi.

Oilada ayol kishining o’rni, oila tarbiyasida bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalash, agarda oilda janjallar bo’lganida uni saqlab qolish omillari haqida institut psixologi J.Saydullayev jarayon doirasida o’z mulohazalarini bildirib o’tdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-05-20 16:30:00 111