“Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-I fakulteti ingliz tili tarixi va grammatikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Qo‘shrabot tumanidagi “Qo‘shrabot”, “Navkat”, “Shavo”, “Pangat”, “Qoratosh”, “Qovunchi”, “Ozod”, “Boshpurushli”, “Chinoq”, “Minishkor”, “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qilayotgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da turganlar bilan suhbat o‘tkazib, ularga ma’naviy homiy sifatida o‘zlarining tavsiya va maslahatlarini berishdi.
Shuningdek, tadbirda institutda ta’lim olayotgan Qo‘shrabot tumanidagi talabalar ham ishtirok etib, o‘zlarining davlat granti asosida o‘qishlari, kelgusida tumanda ingliz tilini rivojlantirish borasida hissalarini qo‘shishlari haqida fikrlarini bildirdilar.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain

