Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning borishi va yoshlarning bandligini ta’minlashga qaratilgan uchrashuv Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan 2021-yil 27-may kuni “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida Qo‘shrabot tumanining Konchi Madaniyat uyi binosida bo‘lib o‘tdi. Unda Ingliz tili - II fakulteti “Ingliz tilining integrallashgan kursi” kafedrasining o‘qituvchilari A.Rustamov va D.Qurbonovlar ishtirok etdilar.

Tadbirda Qo‘shrabot tumani 4-sektor hududiga tegishli mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qilayotgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da turgan fuqarolar va yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tuman nuroniylar bo‘limi rahbari N.Usmonov tadbirni ochib,  institut professor-o‘qituvchilarining tumanda olib borayotgan faoliyatlari bo‘yicha to‘xtalib o‘tdi.

Institutning “Ingliz tilining integrallashgan kursi” kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Rustamov yig‘ilganlarga “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyilini tushuntirib berar ekan, tumandagi yoshlarni  har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun xorijiy tillarni o‘rgatish markazlarini institut bilan hamkorlikda tashkil etish, mahallalarda ingliz tili markazlarini tashkil etish bo‘yicha mahalla raislari bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasida fikr bildirdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-05-27 16:25:00 119