Avval xabar qilinganidek, Samarqand davlat chet tillar institutining ingliz tili o‘qituvchilarini dunyoning nufuzli universitetlaridan biri hisoblangan Buyuk Britaniyaning University of Warwick universitetiga malaka oshirishga yuborish va bitiruvchilarni magistratura va PhD dasturlariga yuborish bo’yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Bugungi, ya’ni 28-may kuni bo’lib o’tgan uchrashuv ushbu dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik Memorandumining asosiy mazmuni, muhokamasi va uni imzolashga tayyorgarlik ko’rish sifatida tashkil etildi. Muzokaralar natijasida hamkorlik Memorandumini masofadan imzolashga kelishildi.
Hamkorlik doirasida 2021/2022 o’quv yilidan bitiruvchilar magistratura dasturlarida o‘qishga yuboriladi, 2022-yildan esa institut o‘qituvchilari uchun esa 4 haftalik malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain








