Toshkent shahrida sportning "100 katakli shashka" turi bo'yicha o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo’lib o’tdi. Unda yurtimiz yoshlari qatorida Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi o’quvchisi Ikrom Abdurasulov ham ishtirok etdi.
O'zbekiston chempionati "100 katakli shashka" turining 3 yo’nalishi bo’yicha o’tkazilib, ular “Blits”, “Rapid”, “Classic” yo’nalishlaridir.
Musobaqa natijalariga ko’ra, institut akademik litseyi o’quvchisi Ikrom Abdurasulov “Blits” yo’nalishi bo’yicha 1-o’rinni egallab, O'zbekiston chempioni bo’ldi.
Ikrom Abdurasulov g’oliblik bilan bir qatorda yurtimizdagi davlat oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida o’qishga kirish imkoniyatini ham qo’lga kiritdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain

