Muntazam tashkil etilib kelinayotgan Erasmus+ dasturining “Xalqaro Kredit Mobilligi” loyihasi doirasida Samarqand davlat chet tillar institutining professor-o’qituvchilari hamda magistrant va talabalari xorijda bir semestr davomida stajirovka o’tashadi.
Jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti va Fransiyaning Versal Akademiyasi huzuridagi o‘qituvchilarni tayyorlash milliy instituti o‘rtasida o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi bo‘yicha tuzilgan hamkorlik shartnomasiga ko‘ra institut magistrantlaridan R.Sharipova va M.Turayevalar Fransiyaning Versal Akademiyasida bir semester davomida, ya’ni 2021-yilning 22-yanvaridan 18-iyuniga qadar stajirovka o‘tab tajriba orttirishdi.
Shuningdek, yangi 2021/2022 o’quv yili boshlanishida Samarqand davlat chet tillar institutining yana ikki nafar magistrantlari “Xalqaro Kredit Mobilligi” loyihasi doirasida Fransiyaning Versal Akademiyasiga stajirovkaga yuborilishi kutilmoqda.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain


