Bugun, joriy yilning 13-avgust kuni Samarqand davlat chet tillar institutining magistratura mutaxassisliklariga o’qishga kirish maqsadida hujjat topshirgan abituriyentlar uchun mutaxassislik fanlaridan imtihon jarayonlariga start berildi.
Jumladan, bugungi, ya’ni 1-navbatdagi (smenadagi) imtihonlar “Sinxron tarjima (ingliz tili)” hamda “Badiiy tarjima (ingliz tili)” mutaxassisliklari uchun o’tkazilib, unda 1-, 2-, 3-guruhlardagi abituriyentlar ishtirok etishmoqda.
Imtihon jarayonlariga jami bo’lib 100 nafar abituriyent qatnashishi belgilangan edi, ammo 25 nafar abituriyent imtihonga kelmaganligi sababli 75 nafar talabgaorlar ishtirok etishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain










