Mustaqil O‘zbekistonimizning 30 yilligi munosabati bilan respublika miqiyosida 21-avgust kuni “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari oʻtkazilmoqda.
Samarqand davlat chet tillar institutida ham institut rektori ishtirokida 300 dan ziyod professor-o‘qituvchilar, ishchi xodimlar, shu jumladan, rahbariyat vakillari hamda talaba-yoshlar umumxalq obodonlashtirish xayriya hasharida faol ishtirok etishmoqda.
Jarayon davomida hududlar begona o‘tlardan tozalandi, daraxtlarning ortiqcha shox-shabbalari kesildi va oqlandi, yerlar yumshatilib yangidan gul ko‘chatlari o‘tqazildi. O‘quv binolari va talabalar turar joyining tashqi va ichki tomonlarida tozalik va ta’mirlash ishlari olib borildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain










