Bugun barchamiz, ko‘pmillatli butun xalqimiz jonajon Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz yillik qutlug‘ bayramining quvonchi va shukuhi bilan yashamoqdamiz. Ushbu aziz va muqaddas mustaqillik bayramimiz ayni kunlarda butun respublikamiz bo’ylab juda keng miqiyosida nishonlanmoqda.
Jumladan, hukumatimiz tomonidan ijodkorlar, mehnat faxriylari, san’atkolar, sportchilar hamda ko’p yillar davomida mehnat qilgan yoshi ulug’ qariyalarimizga yuksak ehtirom ko’rsatilmoqda.
Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi institutda faoliyat ko’rsatib, hozirda nafaqadagi faxriy professor-o’qituvchilar holidan xabar olishdi. Shuningdek, ustozlarimizni Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan chin dildan muborakbod etishdi.
Munisa Nizomova,
“Intellekt” gazetasining jamoatchi muxbiri.
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain








