Samarqand davlat chet tillar institutida “Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalar” kafedrasi tashabbusida “Yangi O’zbekiston tarixi va falsafiy tafakkurning dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.
“Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev xalqimizning tarixiy-madaniy an’analari va insonparvarlik qadriyatlari asosida tarkib topayotgan milliy g‘oyaga bo‘lgan zaruratni asoslab, uning amaliy va nazariy jihatlarini mazmun-mohiyatini ochib berdi. O‘zbekistonning barcha fuqarolari manfaatlariga xizmat qiladigan milliy g‘oya va mafkura mamlakatimizning taraqqiyoti, uning rivoji va gullab yashnashi bilan uzviy bog‘liq ekanligini ko‘rsatib berdi”, – deydi konferensiyani ochib berish chog’ida institut rektori I.To’xtasinov.
Shuningdek, ushbu konferensiyada institut prorektori O.G'aybullayev, “Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalar” kafedrasi professori R.Shodiyev, “Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalar” kafedrasi mudiri M.Melikovalar, jumladan, ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar va qiziquvchilar o’z ma’ruzalari bilan qatnashishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain









