O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalariga xorijning nufuzli oliygohlaridan malakali mutaxassislarni jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan bugunga qadar Samarqand davlat chet tillar instituti o‘quv jarayonlariga ko‘plab xorijlik mutaxassislar jalb etib kelayotganligidan xabaringiz bor.

Ana shunday mutaxassislardan biri fransiyalik Sharlotte Bonin bugun SamDChTI  rektori  Ilhomjon To'xtasinovning qabulida bo‘ldi.

Fransiyaning Artua universiteti magistranti Sharlotte Bonin SamDChTIda 2021-2022-o'quv yili davomida Fransuz tili  va adabiyoti kafedrasida faoliyat olib boradi va talabalarga fransuz tilidan dars beradi.

Darslar davomida Sharlotte Bonin talabalarga fransuz tilini mukammal o'rgatish bilan bir qatorda fransuz xalqining milliy urf-odat va qadriyatlari, tarixi haqida yaqindan tanishtirib boradi.

 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-10-19 12:25:00 127