O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 32 yil bo’lganligi munosabati bilan haligacha ko’plab joylarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilishi davom etmoqda.

Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-II fakulteti professor-o’qituvchilari hamda talabalari bilan birgalikda Samarqand shahrida joylashgan 1-son Mehribonlik uyida 21-oktabr O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 32 yil bo’lganligi tantanali ravishda nishonlandi.

Jumladan, jarayonda bayram munosabati bilan “Til millat ko’zgusi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda fakultet talabalari tomonidan tayorlangan she’r, qo’shiq, g’azlalar va sahna ko’rinishlari tomoshabinlarga namoyish etildi.

Tadbir davomida nafaqat institut talabalari, balki mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlari ham tadbirni qiziqarli va ko’tarinki ruhda o’tishiga turtki bo’ldi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-10-23 18:30:00 126