Bugun, 24-oktabr kuni bo’lib o’tayotgan Prezidentlik saylovi jarayonlarini kuzatish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida joylashgan 67-saylov uchastkasiga AQSHning Almata shahri (Qozog’iston Respublikasi)dagi konsulligi mintaqaviy rahbari Brian Timm-Brock xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurdi.

Tashrifi chog’ida Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda institut rahbariyati vakillari ham ishtirok etishdi.

Shuningdek, jarayon davomida tomonlar o’rtasida kelgusida hamkorlik aloqalarini o’rnatish, talabalar hamda professor-o’qituvchilar almashinuvini yo’lga qo’yish, talabalar uchun turli xil grant va loyihalarni joriy qilish, shuningdek, o’quv jarayonlariga malakali xorijlik mutaxassislarni jalb etish kabilar yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi va kelgusida hamkorlik Memorandumini imzolashga kelishildi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

 “Intellekt” gazetasi

Share:
2021-10-24 17:00:00 113