Samarqand shahrida joylashgan 78, 80 hamda 82-saylov uchastkalarida ham prezidentlikka nomzodlarga ovoz berish jarayonlari yakunlandi.
78-saylov uchastkasida jami 2218 nafar saylovchi ro'yxatdan o'tgan bo'lib, ulardan 18 nafari muddatidan oldin ovoz bergan bo'lsa, jismoniy imkoniyati cheklangan 22 nafar saylovchining o'z xonadonlaridan turib ovoz berishlari ta'minlandi.
80-saylov uchastkasida umumiy hisobda 2662 nafar saylovchilar ro'yxatga olingan bo'lib, shundan 39 nafari muddatidan oldin ovoz bergan. Saylovchilarning eng yoshi kattasi 96 yosh.
82-saylov uchastkasida esa umumiy saylovchilar soni 2045 nafarni tashkil etib, ulardan 18 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz bergan.
Ushbu saylov uchastkalarida ovozlarni sanash jarayonlari davom etmoqda.
Intellekt gazetasi
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain




