Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida o'tkazilayotgan "Barkamol avlod" sport o'yinlari doirasidagi shaxmat hamda shashka sport turlari bo'yicha bellashuvlar nihoyasiga yetdi.
Natijalar: sportning shashka turi bo'yicha 2-kurs o'quvchilari o'rtasidagi musobaqalarda 202-guruh o'quvchisi Orifjonov Zulfiqor 1-o'rinni egallagan bo'lsa, shaxmat turi bo'yicha 1-kurs 104-guruh o'quvchisi Do'stmurodov Javlon hamda 205-guruh o'quvchisi Abduxoliqov Jahongir g'oliblikni qo'lga kiritib, viloyat bosqichida qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritadilar.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain



