Samarqand davlat chet tillar institutida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-yanvardagi “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 220/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan malakaviy imtihonlar fevral, may, noyabr va dekabr oylarida tashkil etilishi belgilangan.

Joriy yil 2-6-noyabr kunlari ilmiy tadqiqotchilardan ingliz, nemis, fransuz tillari hamda 8-noyabr kuni mutaxassislik fanlaridan (10.00.04, 10.00.06 13.00.02 xorijiy til) malakaviy imtihonlar o’tkaziladi.

Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotlarini olib borayotgan izlanuvchilar quyidagilardan malakaviy imtihonlarni topshiradi:

— ixtisoslik (dissertatsiya mavzusiga muvofiq).

— chet tili (ingliz, fransuz yoki nemis tili).

— Dissertatsiyani bajarish uchun boshqa chet tilini bilish talab qilinadigan hollarda, chet tilidan malakaviy imtihon ish bajarilayotgan muassasaning taqdimnomasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi bilan kelishilgan holda taqdimnomada ko‘rsatilgan chet tilidan topshiriladi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-11-03 15:15:00 116