Mustaqillik hosilasi hisoblanmish Samarqand davlat chet tillar instituti O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1994-yil 8-noyabrdagi tegishli Farmoni bilan tashkil etilgan. Hozirda institut oliy va o‘rta maxsus ta’lim va  xalq ta’limi sohalariga hamda turizm infratuzilmasiga yuqori malakali xorijiy filologiya mutaxassislari, shuningdek, gid-tarjimonlar tayyorlashning xalqaro miqiyosda e’tirof etilgan nufuzli yirik markazlaridan biriga aylandi.

Mana bugun 8-noyabr. Samarqand davlat chet tillar institutining tashkil etilganligiga ropa-rosa 27 yil bo‘ldi. 2019-yilda institutning 25 yillik yubileyi tantanali nishonlangan edi. Bugungi tashkil etilgan ko’ngilochar tadbir ham 2 yil oldingi tadbirdan qolishmaydi.

Tadbirni institut rektori Ilhomjon To’xtasinov kirish so’zi bilan ochib berdi va so’nggi 5 yil ichida amalga oshirilgan ishlar haqida so’z yuritdi, Jumladan,

— Oxirgi 5 yil misolida olib qaraydigan bo‘lsak, 80 ga yaqin xorijning nufuzli oliygohlari bilan hamkorlik aloqlarini o‘rnatdik. Har o‘quv yilida 20 nafardan 30 nafargacha xorijlik mutaxassislar faoliyat olib bormoqda. Koreya, Rossiya, Malayziya va XXR kabi davlatlardagi oliygohlar bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etilib, hozirda ushbu daturlar faoliyati davom etmoqda – deydi rektor Ilhomjon To’xtasinov. — hozirda mavjud va foydalanishga yaroqsiz bo‘lib turgan 1000 o‘ringa moslashgan 4 qavatli o‘quv binosini to‘liq mukammal qayta ta’mirdan chiqarish ishlari olib borilmoqda. 200 o‘ringa moslashgan talabalar turar joyi qayta ta’mirdan chiqarilib, dekabr oyida foydalanishga topshiriladi. 600 o‘ringa moslashgan yangi, zamonaviy talablarga javob beradigan yana bitta talabalar turar joyi binosi ham qurilmoqda.

Samarqand davlat chet tillar institutining 27 yoshga to‘lganlik munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda butun institut jamoasi ishtirok etdi. Tadbir barcha fakultetlar bo‘ylab keng miqiyosida nishonlandi. Tadbir davomida institutda ko‘p yillar davomida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan professor-o‘qituvchilar, shuningdek,  tadbir doirasidagi ko‘rgazmalarni hamda tadbirni tashkil etishda fidoiylik ko‘rsatgan xodimlar, munosib ravishda esdalik sovg‘alar va  maxsus diplomlar bilan taqdirlanishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-11-08 18:30:00 124