Bugun, 9-noyabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutida Samarqand viloyat DXX xodimi A.Hikmatullayev, Din ishlari bo’yicha Samarqand viloyat vakilligi mutaxassislari S.Boymurodov va S.Najmiddinova, Samarqand shahar hokimi maslahatchisi S.Zohidovalar, shuningdek, institut rahbariyati vakillari hamda talaba-yoshlar ishtirokida “Yoshlar o’rtasida aqidaparastlik va narkotik moddalarga qarshi kurashish hamda milliy libosning o’rni” mavzusida davra-suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatini institut prorektori O.G’aybullayev kirish so’zi bilan ochib berdi va ishtirok etayotgan mehmonlarni tanishtirib o’tdi. Shuningdek, o’z nutqida giyohvandlik, kashandalik, alkogol mahsulotlari va turli xil psixotrop moddalarning yoshlarga ta’siri va ularning salbiy oqibatlari to’g’risida so’zladi.

Jumladan, suhbat davomida har xil diniy oqimlarga kirib qolmaslik va noqonuniy xatti-harakatlar qilib qo’ymaslik, savodsiz bo’lmasdan doimo bilim va ilm olish bilan shug’ullanish, turli xil internet tarmoqlaridan befoyda foydalanmaslik hamda diniy-siyosiy oqimlarga aralashib qolmaslik, diniy va siyosiy oqimlar bo’yicha ta’lim beraman deydigan kimsalardan extiyot bo’lish kabilar to’g’risida fikr-mulohazalar almashinildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-11-09 16:25:00 126