Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash hamda ularga yetarli darajada imkoniyat va qulayliklar yaratib berish, qo’shimcha ish o’rinlarini joriy qilish borasida respublikamizda salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladam, Samarqand davlat chet tillar institutida Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi, "Karyera markazi" va Tojikiston Respublikasining RESTA turizm assotsiatsiyasi hamda Samarqand viloyat Turizm markazi boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo’yicha uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda talabalarga mehnat bozorida mos vakansiyalar izlash ko‘nikmalarini shakllantirish, tarjimonlik, gid sohalarida tajribasini oshirishga ko‘maklashish, jamiyatga salohiyatli kadrlarni tayyorlash va ularning ish topishiga yordamlashish kabilar to’g’risida tushuncha va ko’rsatmalar berildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain





