Kun sayin, soat sayin 2021-yil oxirlab, 2022-yil ohista qadamlar ila yaqinlashib kelmoqda. Yangi yil bu barchamiz orzu qilib kutadigan ajoyib bayram.
Yangi yil eshik qoqmoqda, yangi-yangi baxtlarga, ezgu tilaklarga chorlamoqda. Shu munosabat bilan bugun, 20-dekabr kuni Samarqand davlat chet tillari institutida Yang yil bayram tadbiri tashkil etildi.
Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti tashabbusida tashkil etilgan ushbu bayramda fakultet talabalari o'zlarining bayramona raqslari bilan tomoshabinlarga shodlik va xursandchilik ulashishdi.
Undan so'ng boshqa fakultetlar ham o'zlarining ko'ngilochar chiqishlari va ajoyib sahna ko'rinishlari bilan bayramni yanada qiziqarli va unitilmas o'tishiga o’z hissalarini qo'shishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain










