12-noyabr kuni SamDChTIga Kursk davlat universiteti vakili prof.N.A.Paxomenko tashrif buyurib, SamDChTI rektori I.M.Tuxtasinov bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi, shuningdek, uchrashuv davomida shartnoma ham imzolandi.

Shartnomani imzolash jarayonida ishtirok etganlar rektor I.M.Tuxtasinov, prorektorlar F.Sh.Ro‘ziqulov, Sh.S.Ashurovlar bo‘lishdi. Shartnomada belgilanishicha:

  • filologiya va lingvistika

  • tilshunoslik

  • chet tillari

  • adabiyot sohalarida birgalikda hamkorlik faoliyatini olib borish bo‘ldi.

Jumladan, OTMlarda birgalikda “Yo‘l xarita”larini tuzish, mutaxassislarning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqot ishlarini birgalikda olib borish, innovatsion loyihalar tuzish, “O‘zbek tili va madaniyati” kursini tashkil etish, “Lingvistika” yo‘nalishida qo‘shma diplom dasturini amalga oshirish kabilar bo‘ldi.

Share:
2018-11-12 18:10:00 85