Samarqand davlat chet tillar instituti “Jismoniy madaniyat” kafedrasi o‘qituvchilari R.Ibragimov, D.Alimjanovalar Tojikistonning Panjikent shahrida bo‘ldilar.
R.Ibragimov, D.Alimjanovalar Panjikent davlat pedagogika instituti Jismoniy tarbiya fakultetida “Umurtqa pog‘onasi qiyshayishlarining oldini olish” mavzusida ma’ruza qilishdi. Panjikent davlat pedagogika instituti rektori M.Ansori, fakultet dekani Sh.Abdulloyev va boshqa o‘qituvchilar ma’ruzada ishtirok etishdilar.
Ma’ruzadan so‘ng kelgusida hamkorlikda ish olib borishga, ikki oliygoh o‘rtasida sport turlari bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishga kelishib oldilar.
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain





