Samarqand viloyati hokimligi xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 1-Mehribonlik uyiga 2018-yilning 27-dekabrida Samarqand davlat chet tillar instituti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetining 1-2-bosqich talabalari institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti rahbarligida tashrif buyurib, yangi yil tadbiri uyushtirishdi.
Tadbir “Yangi yil ertagi” deb nomlanib, bunda talabalar hamda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirokida savol-javoblar, qiziqarli o‘yinlar, musiqiy dasturlar namoyish etildi.
Tadbir so‘ngida bolojanlarga yangi yil sovg‘alari ulashildi. Mehribonlik uyi rahbariyati, institut talabalariga cheksiz minnatdorchilik bildirishdi.
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain


