2019-yil 5-yanvar kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan videoselektrda Respublikadagi barcha OTMlarining rektorlari,  rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari, shuningdek, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.M.Tuxtasinov, institut prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari ishtirok etishdi.

Videoselektrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida to‘xtalib o‘tilgan o‘rinlardan biri bo‘lgan Oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasidagi ma’ruzalari yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Respublikadagi barcha OTMlari o‘rtasida fikr-mulohazalar almashinildi.

Share:
2019-01-05 16:30:00 88