2018 yil 27 aprel kuni ingliz tili va roman-german tillari fakultetlarida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurash” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o’tdi.
Tadbirda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.b. A.Eshqobilov, ingliz tili fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o’rinbosari Q.Hakimov, roman-german tillari fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari O’.Sattorov, ma’naviyat va ma’rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Sh.Suyunov va O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kunduzgi ta’lim 4-o‘quv kursi 3 nafar kursantlari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar yosh avlod tarbiyasi, ularning jismonan va aqlan sog’lom bo’lishiga alohida e’tibor qaratish, yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurash bo'yicha talabalarga tushunchalar berdi.
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain




