Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida «14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni» hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 27 yilligiga bag‘ishlab «Vatan himoyasi – muqaddas burch!» shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati faxriylari, iste’fodagi polkovnik U.Usarov, DXX Samarqand viloyat Faxriylar Kengashi raisi o‘rinbosari, rezervdagi podpolkovnik A.Aliev, DXX Samarkand viloyat Boshkarmasi harbiy xizmatchilari vakillari, SamDChTI yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori O.G‘aybullayev ishtirok etishdi.
Tadbirni litsey direktori Z.B.Qo‘ziyev kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilganlarni «14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni» bilan tabrikladi. Shuningdek, tadbirda DXX faxriysi, U.Usarov litsey talabalariga qarata Vatan himoyasi muqaddas burch ekanligi, mamlakatimizning har bir fuqarosi O‘zbekistonni ko‘z qorachig‘idek asrashi, bugungi tinch va osoyishta davrning qadriga etishi lozimligi to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Tadbir yakunida «Vatan himoyachilari kuni»ga bag‘ishlab o‘tkazilgan insholar tanlovi va sport musobaqalari g‘oliblari hamda ish faoliyatidagi yutuqlari uchun harbiy ta’lim o‘qituvchilari mukofotlandi. Raqs va Vatan haqida qo‘shiqlar talabalar tomonidan ijro etildi.
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain




