Joriy yilning 22-yanvar kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga N.A.Dobrolyubov nomidagi Nijegorod davlat lingvistika universiteti rektori A.B.Jigalev va universitet professori S.A.Kolobovalar tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida mehmonlar bilan institut rektori I.Tuxtasinov, institut professori Sh.Safarov, prorektor F.Ro‘ziqulov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i O.Yusupov, ingliz tili fakulteti dekani A.Ismoilovlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida ikki ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot sohalarida bir qator masalalar muhokama qilindi hamda o‘zaro Hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Ucharshuvdan so‘ng Nijegorod davlat lingvistika universiteti rektori A.B.Jigalev va universitet professori S.A.Kolobovalar institut professor-o‘qituvchilari hamda doktorantlariga “Zamonaviy sharoitda davlatlarning til siyosati va lingvistika havfsizligi”, “Xalqaro yoshlar ilmiy-gumanitar loyihalari – O‘zbekiston va Rossiya OTMlari hamkorliklarining yangi imkoniyatlari” mavzularida seminar-treninglar o‘tkazishdi. Seminarlar so‘nggida ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etildi.
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain








