Hashar – xalqimizning qadimiy va asl qadriyatlaridan. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-saxovat, bunyodkorlik mujassam.
2019-yilning 26-yanvar sanasida Samarqand davlat chet tillar institutida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-yanvardagi 41-F-sonli Farmoyishining ijrosini ta’minlash maqsadida umumxalq ekologik hayriya hashari o‘tkazildi.
Hasharga institutning barcha professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari jalb qilinib, institut atrofi va bino ichkarisini chiqindilardan tozalash va obodonlashtirish bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirildi va daraxtlar tartibga keltirilib, ariqlar tozalandi.
Tabdirni ko‘tarinki ruh bilan qabul qilayotgan instutut jamoasi yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi, yaratish va bunyodkorlik zavqi bilan yashayotganini, buyuk kelajak, farovon hayot barpo etishga intilayotganini yana bir karra namoyish etishdi.
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain



