O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2018-yil 25-oktabrdagi “O‘quvchi va talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan Respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 864-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash hamda “Universiada – 2019” sport musobaqasiga saralab olingan talabalarning mahoratini yanada oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish maqsadida SamDChTI Spartakiadasi futbol musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada 1-o‘ringa Roman-german tillari fakulteti, 2-o‘ringa Ingliz tili fakulteti, 3-o‘ringa Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetlari munosib deb topildi.

Share:
2019-02-20 08:50:00 91