14/15/16-mart kunlari O‘zbekiston Yoshlar teatrida Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Toshkent Fransuz Alyansi hamkorligida  o‘quvchi va talabalar frankafon teatr va ashula festivali bo‘lib o‘tdi. 
        Festivalga mamlakatimizning turli ta’lim muassasalaridan 40 dan ziyod jamoa o‘z sahna ko‘rinishlari bilan qatnashdi. Institutimiz Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi talabalaridan tashkil topgan jamoa ham faol qatnashib, festivalning eng oliy mukofoti "Molière du meilleur  spectacle" ( Eng yaxshi sahna asari uchun Molyer) mukofotiga sazovor bo'ldi.  

         Ushbu ajoyib g'alaba bilan jamoaning quyidagi a'zolarini tabriklaymiz!

Po'latova Nigina 
Ataullayeva Dilfuza 
Marie Redares
Fayzullayev Xurshid
Muxtorov Muslimbek
Suvonov Behruz
Axunbabayev Kamron
Adilova Marjona
Jalolova Sitora
Irshodzoda Shamsiyabonu
Allaxverdova Angelina

Share:
2019-03-19 17:05:00 90