O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlangan kitob aksiyasida oliy ta’lim muassasalari rektorlari va professor-o‘qituvchilari shaxsan namuna ko‘rsatgan holda kitobxonlik targ‘ibotida faol ishtirok etmoqdalar.  Shu jumladan, Andijon viloyati Shahrixon tumanida joylashgan 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi sobiq bitiruvchisi Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.Tuxtasinov ham o‘zi tahsil olgan maktabiga turli xildagi badiiy she’riy hamda nasriy, shuningdek, o‘zining tarjimalaridan bo‘lmish “Yulduzli tunlar” romanidan to‘plamlar sovg‘a qildi. 
       Maktab ma’muriyati I.Tuxtasinovga cheksiz hurmat va tashakkurlarini izhor etishdilar.

Share:
2019-04-17 08:45:00 81