Joriy yilning 22-aprel kuni SamDChTIda Indoneziyaning “Kyai Fatahillah” milliy ansamblining konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Bunda Indoneziyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi janob Sunaryo Kartadinata ham ishtirok etdi.
Konsert dasturini institut rektori I.M.Tuxtasinov ochib berish bilan birga o‘z nutqida SamDChTIda indonez tili ikkinchi chet tili sifatida o‘qitilayotganligini ham aytib o‘tdi, shuningdek, shaxsan elchi Sunaryo Kartadinata janoblariga hamda kompozitor Ivan Gunavan va uning jamoasiga tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbir uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Tadbir davomida SamDChTIda indonez tilini o‘rganayotgan talabalar qo‘shiqlar, she’rlar va Samarqand shahrining tarixiy obidalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning indonez tilidagi taqdimotlari va o‘zlarining o‘zbekcha milliy raqslari bilan faol tarzda ishtirok etishdi. Jumladan, Indoneziyaning “Kyai Fatahillah” milliy ansamblining musiqiy chiqishlari talabalar va professor-o‘qituvchilarga g‘oyatda manzur bo‘ldi.
Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi A.Abduraimov
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain





