Hamma ham sog‘lom, tetik va baquvvat bo‘lishga, o‘z yoshligi, husni hamda ishchanlik qobiliyatini saqlashga harakat qiladi. Bunga erishishning asosiy vazifasi jismoniy harakatdir.
Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, ayni vaqtda, mamlakatimizda yetuk, sog‘lom avlodni tarbiyalash borasidagi tub islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda.
Vazirlar Mahkamasining Qarori asosida respublikamizda may oyi sport oyligi deb belgilangan edi. Jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti talabalar turtar joyida har tong erta sahardan turib, talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilar birgalikda ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarishmoqda.
Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi A.Abduraimov
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain





