SamDChTI professor-o'qituvchilaridan Zafar Ashurov, Akram Shermatov hamda Faxriddin Bakiyevlar Polsha Respublikasining Poznan shahridagi Adam Miskievich nomidagi Universitetda 2019 yil 17-19 may kunlari tashkil etilgan "Human language technology as a challenge for computer science and linguistics" mavzusidagi to'qqizinchi Til va texnologiya konferensiyasida ishtirok etishdi.

Konferentsiyada Yaroskav fan va texnologiya universiteti, Zalsburg universiteti, Adam Miskevich nomidagi universitet, Lyublyana davlat universiti hamda boshqa xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan professorlar tomonidan konferentsiya mavzusiga oid juda qiziqarli ma'ruzalar tinglandi. Ma'ruzalar konferentsiya ishtirokchilarida juda katta taassurotlar qoldirdi hamda savol-javoblarga boy tarzda va mazmunli o'tdi.

Share:
2019-05-22 14:25:00 86