22 may kuni Xitoy Хalq Respublikasi ta`lim vaziri o`rinbosari Tian Xuejin boshchiligidagi 7 kishilik delegatsiya SamDCHTIga tashrif buyurdi.
Delegatsiya vakillari institutning xitoy tili yo’nalishining dars jarayonlari, Institut qoshidagi Konfutsiy instituti dars jarayonlarini, talabalarning hattotlik san`ati bilan shug`ullanish jarayonini kuzatishdi.
Shuningdek tashrif davomida janob Tian Xuejin institutdagi “Smart classroom” va sinxron auditoriyasidagi dars jarayonlari bilan tanishib unda talabalarning yangi o`quv texnologiyalaridan foydalangan holda o’zlarining til ko`nikmalarini rivojlantirishayotganini e`tirof etib bu til o`rganishda juda muhimligi ta`kidlandi.
Shundan so’ng delegatsiya vakillari institut faollar zalida talabalar ijrosidagi o`zbek va xitoy milliy san’atiga bag’ishlangan badiiy konsert-tadbiriga taklif etildi.
Tadbir yakunida institut rektori I.M.Tuxtasinovga so`zga chiqib O`zbekison va Xitoy o’rtasidagi hamkorlik munosabatlari tobora rivojlanib borayotganligini alohida e’tirof etdi.
Ta’lim sohasidagi yaqin hamkorlik munosabatlari, jumladan, Institutda xitoy tilini o’qitish borasidagi samarali hamkorlik aloqalari uchun Xitoy Хalq Respublikasi ta`lim vaziri o`rinbosari Tian Xuejinga samimiy minnatdorchilik bildirdi.
Xitoy Хalq Respublikasi ta`lim vaziri o`rinbosari Tian Xuejin o’z nutqida, jumladan, talabalarning xitoy tilidagi chiqishlarini, qo’shiq va sherlarini yuqori baholadi.
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain










