Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati tashabbusida 11-12 iyun kunlarida OTMlari matbuot kotiblarining Birinchi respublika seminari tashkil etildi. Axborot xizmatida faoliyat ko'rsatayotgan tajribali muhbirlar, internet jurnalistikasi mutaxassislari, barcha OTMlari matbuot kotiblari, kun.uz, uza.uz kabi nufuzli internet nashrlari, televideniya va gazeta tahririyati muhbirlari ishtirok etishdilar. Anjumanda axborot xizmati faoliyatiga oid nazariy va amaliy aspektlar, axborot xizmatlari tomonidan jamoatchilik va OAV uchun tadbirlar tashkil etish masalalariga bag’ishlangan davra suhbatlari va amaliy mashg’ulotlar bo'lib o'tdi.

Share:
2019-06-14 11:35:00 96