Keyingi yillarda yurtimiz yoshlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bois Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.
Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.
Mazkur 5 tashabbus Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan katta qiziqish bilan kutib olingani barchamizga ma’lum. Endilikda ushbu tajribani institutda, xususan, fakultetlarda yanada kengroq joriy etish tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Samarqand davlat chet tillar institutining Roman-german tillari fakulteti hamda Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetlarida Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi yuzasidan talabalar tomonidan yaratilgan ijodiy-ilmiy ishlar namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Unda talaba-yoshlar o‘zlarining ijod mahsullarini, sportda erishgan yutuqlarini yig‘ilganlarga taqdim etishdi. Ko‘rgazmada qatnashgan institut rektori I.M.Tuxtasinov talaba-yoshlarning ishlarini kuzatib, ularga o‘zining qimmatli maslahatlarini berib o‘tdi. 5 ta tashabbus bo‘yicha o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri fakultetlar talabalarini yanada muvaffaqiyatlarga erishish uchun xizmat qilishi shubhasiz!
Samarqand davlat chet tillar instituti axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain









