Samarqand davlat chet tillar institutida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengash yig‘ilishida a’zolarning barchasi ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasidan “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqalari tili va adabiyoti” ixtisosligi bo‘yicha dotsentlik ilmiy unvonini olgan filologiya fanlar doktori N.Nasrullayeva, fransuz tili va adabiyoti kafedrasidan “Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi” ixtisosligi bo‘yicha dotsentlik ilmiy unvonini olgan filologiya fanlar nomzodi N.Suvonova, ingliz tili va adabiyotshunoslik kafedrasidan “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqalari tili va adabiyoti” ixtisosligi bo‘yicha dotsentlik ilmiy unvonini olgan R.Jo‘raqulov, ijtimoiy fanlar kafedrasidan “O‘zbekiston tarixi” ixtisosligi bo‘yicha dotsentlik ilmiy unvonini olgan tarix fanlar nomzodi Sh.Ochilovalar esdalik sovg‘alar, diplom va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.
Shuningdek, ilmiy kengash a’zolarining kelgusida qilinadigan ishlari belgilab olindi.
Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain





