Sharq taronalari XII xalqaro musiqa festivali sababli Samarqand shahriga dunyoning 50 dan oshiq davlatlaridan xorijlik mehmonlar tashrif buyurgan. Xorijlik mehmonlarga Samarqand davlat chet tillar institutidan 10 dan ortiq chet tili mutaxassislari, ya’ni rahbar xodimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorontlar, magistrantlar, shuningdek, malakali talabalar kuzatuvchi sifatida biriktirildi.
Xorijlik mehmonlardan birining ta’kidlashicha, “Sharq taronalari festivalida ko‘pgina davlatlarning kuy-qo‘shiqlarini tinglash baxtiga muyassar bo‘lyapman. Mo‘jizaviy shahar – Samarqandning diqqatga sazovor joylarini suratga olyapman. Shu bilan birga o‘zbek milliy qo‘shiqlarini esdalik uchun olib ketaman. Ularning eng saralarini o‘zimning xalqimga yetkazaman” deb o‘z fikrlarini mamnuniyat ila bildirib o‘tadi.
Xorijlik mehmonlarga Samarqand davlat chet tillar institutidan kuzatuvchi sifatida biriktirilgan tarjimonlar jamoasi Samarqandning so‘lin go‘shalarini ko‘rsatishda davom etishmoqdalar.
SamDCHTI axborot xizmati A.Abduraimov
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain








