Barchamizga ma’lumki, 2019-2020 o‘quv yili ham boshlanmoqda. Joriy yilning 3-sentabr sanasida Samarqand davlat chet tillar institutida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengash yig‘ilishida a’zolarning barchasi ishtirok etishdi. Jumladan, kengash yig‘ilishida ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullangan doktorantlar ilmiy ish yoqlaganligi va ilmiy darajaga erishganligi uchun, shuningdek, institut professor-o‘qituvchilari ham mustaqilligimizning 28 yillik bayrami munosabati bilan institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Kengash yig‘ilishida quyidagi masalalar alohida ta’kidlandi:
— Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2019/2020 o‘quv yili boshlanishi oldidan yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun qator oliy ta’lim muassasalarining yuqori va o‘rta bo‘g‘in rahbarlariga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilganligi;
— Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 3 nafar, shu jumladan, o‘quv ishlari, yoshlar bilan ishlash hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari egallab turgan lavozimlaridan ozod etilganligi;
— Toshkent moliya institutining 3 nafar, shu jumladan, o‘quv ishlari, yoshlar bilan ishlash hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari, shuningdek, mazkur oliy ta’lim muassasalarining 1 nafar fakultet dekani, 2 nafar kafedra mudirlari, 7 nafar bo‘lim boshliqlari, 9 nafar dekan o‘rinbosarlari egallab turgan lavozimlaridan ozod etilganligi kabilar.
Instituti rektori I.M.Tuxtasinov yuqoridagilarni inobatga olgan holda kengash a’zolariga Samarqand davlat chet tillar institutida o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini, ilmiy tadqiqot ishlar samaradorligini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar faoliyati natijadorligini ko‘tarish, o‘quv xonasidagi ta’lim jarayonining mazmuni va shaklini tubdan yangilash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilash lozimligini aytib o‘tdi. Shu qatorda institut jamoasi mazkur holatlar yuzasidan ogoh bo‘lishi ta’kidlanib, kelgusida ya’ni yangi o‘quv yilida amalga oshiriladigan asosiy ishlar hamda vazifalar ham belgilab olindi.
SamDCHTI axborot xizmati A.Abduraimov
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain






