Samarqand davlat chet tillar institutining magistratura ta’lim bosqichida AQSHning Vebster universiteti bilan hamkorlikda 1 yillik “Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish” ta’lim yo‘nalishi tashkil etilgan. Bu ta’lim yo‘nalishi to‘g‘risida barchangiz boxabarsiz. Shuningdek, magistrantlar dars mashg‘ulotlarini AQSHlik professor-o‘qituvchi DJ Kaiser hamda Samarqand davlat chet tillar institutida ko‘p yillar davomida faoliyat ko‘rsatib kalayotgan professor-o‘qituvchilar bilan birgalikda davom ettirishib borishmoqda.
Mazkur lavhada davom etayotgan dars mashg‘ulotining mavzusi “Chet tilini o‘rganishda yoshning ahamiyati”.
SamDCHTI axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain




